Buxgalter ish stoli

Maqolalar

Koʻp tadbirkorlar yillab bitta buxgalter bilan ishlaydi, bunda yomon narsa yoʻq. Lekin borgan sari koʻproq shunday savol eshitamiz: «Menga shtatdagi buxgalter nima kerak, autsorsingga bergan yaxshi emasmi?» Tadbirkor uchun muhim mezonlar boʻyicha koʻrib chiqamiz.

Eʼlon qilingan · 5 daqiqa oʻqish

Javob tezligi

Shtatdagi buxgalter yaqinroqdek tuyuladi: qoʻshni xonada oʻtiradi. Lekin amalda unga baribir Telegramda yozishadi, u esa boʻshaganda javob beradi. Hujjatlar allaqachon Didox va 1Cda, qogʻoz koʻtarib yurish shart emas. Demak, yoningizda oʻtirishi ham shart emas.

Muhimi boshqa: savoldan javobgacha qancha vaqt oʻtadi. Toʻlovni bank yopilgunicha oʻtkazish kerak boʻlsa, toʻrt soatdan keyin kelgan javob bir kunni boy berish degani.

Bitta odamga bogʻliqlik

Dekret, pensiya, kasallik, oilaviy sabablar: shtatdagi buxgalter ertami-kechmi ketadi, hisob esa yarim yoʻlda qoladi. Autsorsing kompaniyasida ish bitta odamga bogʻliq emas.

Yangi qonunlar va imtiyozlar

Qoidalar tez-tez oʻzgaradi, yangi nizomlar eʼlondan bir necha kun oʻtib chiqadi. Joriy ish bilan band shtatdagi buxgalter ularni har doim ham kuzatmaydi. Tadbirkor imtiyoz haqida Instagramdan bilib qoladi va «buxgalter nega indamadi?» deb hayron boʻladi.

Soliqni qonuniy kamaytirish

Buxgalterning vazifasi hisobotni vaqtida topshirish va jarimaga yoʻl qoʻymaslik. Kamroq toʻlash yoʻllarini izlash odatda uning vazifasiga kirmaydi. Yaxshi autsorsing kompaniyasi buni xizmat qismiga aylantiradi.

Xatolar uchun javobgarlik

Shtatdagi buxgalter xato qilsa, jarimani korxona toʻlaydi. Autsorsing kompaniyasi bilan shartnomada javobgarlikni yozib qoʻyish mumkin: xato bizdan boʻlsa, jarima ham bizdan.

Qachon baribir shtatdagi buxgalter kerak

Hisob juda katta boʻlib, bir necha kishining toʻliq kunini talab qilsa, ichki boʻlim oʻzini oqlashi mumkin. Lekin unda ham autsorsing tekshiruv uchun foydali: yangi koʻz oʻz buxgalteringiz koʻrmay qoʻygan narsani topadi.

Birinchi qadam

Bepul 10 daqiqalik qoʻngʻiroq

Telefon raqamingizni qoldiring, Bekzod 10 daqiqa ichida bogʻlanadi. Hech qayerga borishingiz shart emas: ofisda uchrashuvni faqat oʻzingiz xohlasangiz belgilaymiz.

Yoki hoziroq qoʻngʻiroq qiling

Yillik aylanma

Maʼlumotlaringizdan faqat siz bilan bogʻlanish uchun foydalanamiz.