Sakkiz savol
- Hisobimni shaxsan kim yuritadi va unda yana nechta korxona bor?
- Savolga necha daqiqada javob berasiz va bu shartnomada yozilganmi?
- Sizning xatoingiz sabab jarima chiqsa, kim toʻlaydi?
- Korxonani olishdan oldin hisobni tekshirasizmi va aynan nimani koʻrasiz?
- Soliqni qonuniy kamaytirish xizmatga kiradimi yoki bu alohida foizmi?
- Qaysi dasturlarda ishlaysiz, 1C litsenziyalimi?
- NDA imzolaysizmi?
- Kimni xizmatga olmaysiz?
Javoblarda nimaga qarash kerak
«1 mln dan» va «5 mln dan» narxlar bejiz farq qilmaydi. Buxgalter oʻnlab firmani yuritsa, har birini tekshirishga vaqti yetmaydi, faqat hisobot topshirishga ulguradi. Past narxda daromad qilish uchun koʻproq korxona olish kerak.
Kompaniya kimgadir «yoʻq» deyishga tayyor boʻlsa, bu yaxshi belgi. Hisob uchun javobgarlikni oladigan kompaniya faqat naqdda ishlaydigan biznesni qabul qila olmaydi.
Yuzma-yuz uchrashgan yaxshi
Telefonda va Zoomda koʻp narsa koʻrinmaydi. Ofisdagi uchrashuvda kim bilan ishlashingizni tushunish va hisobingiz haqida savol berish osonroq. Pul va hujjatlarni ishonib topshirishdan oldin buni qilib olgan maʼqul.

